
O`zbekiston kubogi bahslari ham sekin-asta o`zining qizg`in pallasiga kirib bormoqda.
18-19 sentyabr kunlari jamoalar 1/4 final uchrashuvlarini o`tkazishadi. Professional Futbol Ligasi Sport telekanali hamda klublar bilan kelishgan holda chorak final uchrashuvlari boshlanish vaqtlarini belgiladi. Bunda barcha o`yinlarning Sport telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi inobatga olindi.
O`zbekiston kubogi-2018
1/4 final
18 sentyabr
18.00 “QO`QON-1912” – “QIZILQUM”
20.00 “PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
19 sentyabr
20.00 AGMK – “MASh`AL”
18.00 “ANDIJON” – “BUNYoDKOR”
Ta`kidlash joiz, chorak final o`yinlari bitta uchrashuvdan iborat bo`ladi. G`oliblar yarim finalga yo`l olishadi.