
O`zbekiston kubogi bahslari ham sekin-asta o`zining qizg`in pallasiga kirib bormoqda.
18-19 sentyabr kunlari jamoalar 1/4 final uchrashuvlarini o`tkazishadi. 27-28 sentyabr sanalarida esa 1/2 final o`yinlari bo`lib o`tadi. O`zbekiston kubogi-2018 final o`yini esa 28 oktyabr, yakshanba kuni o`tkaziladigan bo`ldi.
Professional futbol ligasi final uchrashuvini Farg`ona shahrida o`tkazishga qaror qildi. O`zbekiston kubogi-2018 final o`yini 28 oktyabr kuni “Istiqlol” stadionida bo`lib o`tadi.