Xabaringiz bor, PEPSI Superliganing ikkinchi bosqich uchrashuvlari uchun 28 avgust kuni qur`a tashlandi.
O`zbekiston professional futbol ligasi qur`a natijalariga ko`ra, xosil bo`lgan juftliklarning qaysi sanalarda uchrashuvlar o`tkazishini aniqlab chiqdi.
Unda bosh mezon sifatida milliy terma jamoamizning FIFA kunlaridan unumli foydalanayotganligi bois ushbu sanalarga yaqin bo`lgan kunlarga imkon qadar uchrashuv belgilamaslik printsipiga amal qilindi. Shuningdek, O`zbekiston kubogi uchun kurashni davom ettirayotgan klublarning Superliga bahslarida ham munosib kunda va hech qanday muammolarsiz uchrashuvlar o`tkazishi inobatga olindi. Qolaversa, har bir jamoaning bosh murabbiyi fikrlari birma-bir o`rganib chiqildi va yakunda hamma uchun birdek qulay bo`lgan sanalar belgilandi.
Hozircha e`tiboringizga, ikkinchi bosqichning birinchi qismi hamda O`zbekiston kubogi uchun belgilangan sanalarni e`lon qilamiz. PEPSI Superliganing ikkinchi bosqich ikkinchi davrasi taqvimi O`zbekiston kubogining chorak final uchrashuvlari yakunlangach e`lon qilinadi.
23-tur
13 sentyabr, payshanba
“SO`G`DIYoNA” – “QIZILQUM”
“QO`QON-1912” – “NASAF”
14 sentyabr, juma
“NAVBAHOR” – “PAXTAKOR”
“METALLURG” – “LOKOMOTIV”
15 sentyabr, shanba
“BUNYoDKOR” – “BUXORO”
AGMK – “NEFTChI”
O`zbekiston kubogi-2018
1/4 final
18 sentyabr, seshanba
“QO`QON-1912” – “QIZILQUM”
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
19 sentyabr, chorshanba
AGMK – “MASh`AL”
“ANDIJON” – “BUNYoDKOR”
24-tur
22 sentyabr, shanba
“NEFTChI” – “NASAF”
“PAXTAKOR” – “BUXORO”
“QIZILQUM” – “QO`QON-1912”
23 sentyabr, yakshanba
“LOKOMOTIV” – “BUNYoDKOR”
“NAVBAHOR” – “METALLURG”
AGMK – “SO`G`DIYoNA”
27-28 sentyabr
O`zbekiston kubogi-2018
1/2 final
25-tur
2 oktyabr, seshanba
“SO`G`DIYoNA” – “NEFTChI”
“NASAF” – “QIZILQUM”
“BUXORO” – “LOKOMOTIV”
3 oktyabr, chorshanba
“QO`QON-1912” – AGMK
“METALLURG” – “PAXTAKOR”
“BUNYoDKOR” – “NAVBAHOR”
8-16 oktyabr
FIFA KUNLARI
13 oktyabr, shanba
O`ZBEKISTON – KXDR
16 oktyabr, seshanba
O`ZBEKISTON – QATAR
26-tur
19 oktyabr, juma
AGMK – “NASAF”
“NEFTChI” – “QIZILQUM”
“SO`G`DIYoNA” – “QO`QON-1912”
20 oktyabr, shanba
“NAVBAHOR” – “BUXORO”
“METALLURG” – “BUNYoDKOR”
“PAXTAKOR” – “LOKOMOTIV”
27-tur
23 oktyabr, seshanba
“NASAF” – “SO`G`DIYoNA”
“QIZILQUM” – AGMK
“LOKOMOTIV” – “NAVBAHOR”
24 oktyabr, chorshanba
“BUXORO” – “METALLURG”
“BUNYoDKOR” – “PAXTAKOR”
“QO`QON-1912” – “NEFTChI”
28 oktyabr, yakshanba
O`zbekiston kubogi-2018
FINAL