PEPSI Superliganing ikkinchi bosqichiga qur`a tashlandi

Poytaxtimizdagi “Milliy" stadionda PEPSI Superliganing ikkinchi bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda PFL rahabariyati, jamoalar bosh murabbiylari hamda sardor ishtirok etishdi.

Shuningdek, O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham qur`aga tashrif buyurdi.

Marosim avvalida PFL bosh direktori Omon G`ofurov barchani ikkinchi bosqich boshlanayotgani bilan qutladi:

- Bu yil futbolimizda ko`plab o`zgarishlar, islohotlar qilinmoqda. Chempionatimiz ancha qiziqarli tarzda kechmoqda. Jamoalar bizga shiddatli o`yinlar taqdim etishmoqda. Umid qilamiz, ikkinchi bosqich yanada qiziqarli tarzda kechadi.

Shundan so`ng Yoshlar ligasi peshqadami "Paxtakor" jamoasi ustozi Jasur Abduraimovga maxsus sovg`a topshirildi.

Yoshlar ligasi jamoalari ikkinchi bosqichni qanday formatda o`tkazishlari xususida ma`lumot berildi.

Jumladan, jamoalar xuddi Superliga jamoalari asosiy tarkiblari o`rin olganidek guruhlarda joylashtiriladi. Faqat farq shundaki, ular o`z ochkolarini saqlab qolishadi.

Shundan keyin Superliganing quyi oltilik guruhiga qur`a tashlandi:

 

23-tur

AGMK - "Neftchi"

"So`g`diyona" - "Qizilqum"

"Qo`qon-1912" - "Nasaf"

 

24-tur

AGMK - "So`g`diyona"

"Qizilqum" - "Qo`qon-1912"

"Neftchi" - "Nasaf"

 

25-tur

"Qo`qon-1912" - AGMK

"So`g`diyona" - "Neftchi"

"Nasaf" - "Qizilqum"

 

26-tur

AGMK - "Nasaf"

"So`g`diyona" - "Qo`qon-1912"

"Neftchi" - "Qizilqum"

 

27-tur

"Nasaf" - "So`g`diyona"

"Qizilqum" - AGMK

"Qo`qon-1912" - "Neftchi"

 

Chempionlik guruhi taqvimi qur`adan keyin quyidagicha ko`rinish oldi:

 

23-tur

"Navbahor" - "Paxtakor"

"Metallurg" - "Lokomotiv"

"Bunyodkor" - "Buxoro"

 

24-tur

"Navbahor" - "Metallurg"

"Lokomotiv" - "Bunyodkor"

"Paxtakor" - "Buxoro"

 

25-tur

"Bunyodkor" - "Navbahor"

"Metallurg" - "Paxtakor"

"Buxoro" - "Lokomotiv"

 

26-tur

"Navbahor" - "Buxoro"

"Metallurg" - "Bunyodkor"

"Paxtakor" - "Lokomotiv"

 

27-tur

"Buxoro" - "Metallurg"

"Lokomotiv" - "Navbahor"

"Bunyodkor" - "Paxtakor"

 

28-tur

"Paxtakor" - "Navbahor"

"Lokomotiv" - "Metallurg"

"Buxoro" - "Bunyodkor"

 

29-tur

"Metallurg" - "Navbahor"

"Bunyodkor" - "Lokomotiv"

"Buxoro" - "Paxtakor"

 

30-tur

"Navbahor" - "Bunyodkor"

"Paxtakor" - "Metallurg"

"Lokomotiv" - "Buxoro"

 

31-tur

"Buxoro" - "Navbahor"

"Bunyodkor" - "Metallurg"

"Lokomotiv" - "Paxtakor"

 

32-tur

"Metallurg" - "Buxoro"

"Navbahor" - "Lokomotiv" 

"Paxtakor" - "Bunyodkor" 

mib
uzcard
cola
apex
bmb