Akbar To`raev: “Navbahor” – chempion bo`lish niyatida

PEPSI Superliga bahslarida birinchi bosqich yakunlandi. Bugun ikkinchi bosqichga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.

Jamoalar endilikda 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik PEPSI Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. Jamoalar endi o`z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o`tkazishadi.

Namanganning “Navbahor” jamoasi mavsumni ancha ko`tarinki ruhda o`tkazmoqda. Jamoa ikkinchi bosqichni chempionlik uchun kurash yo`lida peshqadam sifatida boshlaydi. “Lochinlar” jamoasi darvozaboni Akbar To`raev ikkinchi bosqich oldidan PFL rasmiy saytiga o`z fikrlarini bildirib o`tdi.

- Joriy yilgi chempionatimiz ancha qiziqarli va shiddatli kechyapti. Har bitta uchrashuvda ochko olish uchun ancha ter to`kishga to`g`ri kelyapti. Jamoamiz mavsumni ancha yaxshi o`tkazyapti. Lekin g`alabalar osonlikcha qo`lga kiritilmayapti.

Mana chempionatimizning hal qiluvchi pallasiga ham etib keldik. Jamoalar endi 2 ta guruhga saralandi. Chempionlik uchun kurash olib boradigan jamoalar joy olgan guruhda “Navbahor” peshqadam bo`lib turibdi. Demak, biz jamoamiz oldiga qo`yilgan dastlabki vazifani uddalay oldik. Endi bir yoqadan bosh chiqargan holda ko`zlangan maqsad sari dadil ildamlashimiz lozim bo`ladi. Zero jamoamiz oldida yana bir muhim maqsad – har bir uchrashuvda maksimal darajada ochko olish va yakunda chempionlikka erishish vazifasi turibdi, - dedi mahoratli darvozabon.

 

  

"Navbahor" matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi

mib
uzcard
cola
apex
bmb