“Surxon” futbol klubi jarimaga tortildi

Pro Liga 22-tur uchrashuvlari doirasidagi “Surxon” – “Andijon” (0:3) uchrashuvi yakunlangach, stadionga yig`ilgan mezbon muxlislar o`yinni boshqarib borgan hakamlar guruhini ommaviy ravishda haqorat qildi.

Shuningdek, hakamlar brigadasi maydonni tark etib, kiyim-almashtirish xonasiga yo`l olayotgan pallada ularga muxlislar tomonidan turli buyumlar – toshlar va suv idishlar uloqtirildi. Qolaversa, bosh hakam yordamchisi A. Sidorovning ko`krak qismiga tosh ham kelib tekkani ma`lum bo`ldi. Hakamlar o`z xonasiga kirib borgach ham, tashqaridan ular joy olgan xona oynalariga nisbatan ommaviy tosh otishlar to`xtamadi.

“Surxon” – “Andijon” uchrashuvidan keyin ro`y bergan ko`ngilsiz holatlar foto va videofaktlar asosida O`zPFLning maxsus komissiyasi tomonidan o`rganib chiqildi. 

Musobaqalar reglamentining “Klublar, jamoalar rahbarlari, futbolchilar va xududiy assotsiatsiyalar majburiyatlari” bo`limining 7.3 bandini qo`pol ravishda buzganligi uchun “Surxon” FKga nisbatan intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.9 bandini qo`llagan holda  10.000.000 (o`n million) so`m miqdorida jarima belgilandi. Bu hol yana qaytarilsa, klubga nisbatan jiddiyroq jazo – uy uchrashuvlarini muxlislarsiz, bo`m-bo`sh stadionda o`tkazishi borasida ogohlantirish berildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb