Avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.   

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinmoqda.

Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`ldi.  Jumladan, Islom Isoqjonov, Ismoil Gonsalvesh, Jasur Hasanov, Darko Nikach hamda Zohir Pirimov ham raqib darvozasini ishg`ol etib, ham uchrashuvlarda ishonchli o`yin ko`rsatib, jamoalariga muhim ochkolarni qo`lga kiritishda ko`mak berishdi.   

 

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo`lish uchun nomzodlar:

 

Nomzod

Klub

Erishdi

Islom Isoqjonov

Metallurg

3 o`yin, 4 gol, 1 assist

Ismoil Gonsalvesh

Paxtakor

3 o`yin, 3 gol

Jasur Hasanov

AGMK

3 o`yin, 2 gol, 2 assist

Darko Nikach

Navbahor

3 o`yin, 2 gol

Zohir Pirimov

AGMK

3 o`yin, 1 gol, 2 assist

  

Avgust oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun ovoz bering

 

 

 

 
mib
uzcard
cola
apex
bmb