O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator jamoalar barqarorlik namoyish etishdi. Jumladan, mavsumni ancha omadsiz boshlagan “Neftchi” so`nggi turlarga kelib ancha mazmunli o`yinlar ko`rsatdi. Bunda jamoa ustozi Bahrom Xaydarovning xissasi ulkan ekanini qayd etish joiz. Shuningdek, Andrey Shipilov boshchiligidagi “Metallurg” hamda Baxtiyor Ashurmatov qo`l ostidagi AGMK jamoalari ham avgust oyini ko`tarinki ruhda o`tkazishdi. Nomzodlar qatoridan Andrey Fyodorov hamda Shota Arveladze ham o`rin egallashdi.
Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Bahrom Xaydarov |
Neftchi |
2 g`alaba, 1 durang |
|
Andrey Shipilov |
Metallurg |
2 g`alaba, 1 mag`lubiyat |
|
Baxtiyor Ashurmatov |
AGMK |
2 g`alaba, 1 mag`lubiyat |
|
Andrey Fyodorov |
Lokomotiv |
1 g`alaba, 2 durang |
|
Shota Arveladze |
Paxtakor |
1 g`alaba, 2 durang |
Avgust oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun ovoz bering