O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.
Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi.
Jumladan, Akbar To`raev, Roman Abdulov, Ignatiy Nesterov hamda Eldor Suyunov qolganlarga nisbatan yaxshiroq ko`rsatkich qayd etishdi. Mazkur nomzodlar ichida Suyunov 5-marta oyning eng yaxshisi bo`lish uchun da`vogarlar qatoridan o`rin olganini qayd etish joiz.
Avgust oyining eng yaxshi darvozaboni bo`lish uchun nomzodlar:
|
Nomzod |
Klub |
Erishdi |
|
Akbar To`raev |
Navbahor |
2 o`yin, 1 quruq o`yin, 5 ta seyv |
|
Roman Abdulov |
AGMK |
3 o`yin, 1 quruq o`yin, 7 seyv |
|
Ignatiy Nesterov |
Lokomotiv |
3 o`yin, 1 quruq o`yin, 4 seyv |
|
Eldor Suyunov |
Paxtakor |
3 o`yin, 1 quruq o`yin, 4 seyv |
Avgust oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz bering