Avgust oyining eng chiroyli goliga ovoz bering

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.

 Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy saytida bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.

 Ortda qolgan avgust oyida 3 ta tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi. O`tkazilgan 20-21-22-turlar davomida bir qator futbolchilar raqib darvozasini chiroyli tarzda ishg`ol etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi. 

 Ayniqsa, Javohir Siddiqov, Sanjar Shoahmedov, San`at Shixov, Bobur Yo`ldoshev, Islom Isoqjonov, Sherzod Hakimov hamda Zohir Pirimov tomonidan kiritilgan gollar anchagina jozibador ko`rinish oldi. Endi mazkur nomzodlar ichidan oyning eng chiroyli goli muallifi tanlab olinadi.

 Qayd etish joizki, San`at Shixov (mart) hamda Sherzod Hakimov (iyul) tomonidan urilgan gollar oldin ham oyning eng chiroyli goli bo`lish uchun da`vogarlar safidan joy olgan edi.   

 

  Avgust oyining eng chiroyli goli uchun nomzodlar:

   

Nomzod

Klub

Qaysi o`yinda?

Javohir Siddiqov

Qo`qon-1912

“Bunyodkor” – Qo`qon-1912

Sanjar Shoahmedov

Lokomotiv

“Buxoro” – “Lokomotiv”

San`at Shixov

Buxoro

“Buxoro” – “Metallurg”

Bobur Yo`ldoshev

Neftchi

“Lokomotiv” – “Neftchi”

Islom Isoqjonov

Metallurg

“Buxoro” – “Metallurg”

Sherzod Hakimov

Neftchi

“Neftchi” – “Navbahor”

Zohir Pirimov

AGMK

“So`g`diyona” – AGMK

       

     

Avgust oyining eng chiroyli goliga ovoz bering  

  

 

 
mib
uzcard
cola
apex
bmb