28 avgust kuni PEPSI Superliga ikkinchi bosqichiga qur`a tashlanadi

Xabaringiz bor, PEPSI Superliga bahslarida dastlabki bosqich yakunlandi. Endi jamoalar 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi.

Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. Jamoalar endi o`z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o`tkazishadi.

Superliga ikkinchi bosqichiga qur`a tashlash marosimi esa 28 avgust kuni soat 21:45da “Milliy stadion”da bo`lib o`tadi. Professional Futbol Ligasi qur`a tashlash marosimini yuqori darajada o`tkazish uchun katta tayyorgarlik olib bormoqda. Qur`a jarayoni Sport telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi. Qur`a tashlash marosimida har bir klub bosh murabbiyi, sardori hamda jurnalistlar ishtirok etadi. 

Qur`a tashlash marosimini bevosita voqea joyidan yoritishni istagan OAV vakillari o`z hodimlari ro`yxatini (lavozimi ko`rsatilgan holda) PFL elektron pochtasi (info@pfl.uz) ga 27 avgust sanasiga qadar yuborishi lozim bo`ladi. Qur`a tashlanadigan zalga kirish ro`yxat asosida amalga oshiriladi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb