Joriy yilgi mavsumdan boshlab o`zgacha ruh hamda yangicha tartibda o`tkazilayotgan O`zbekiston Superligasi bahslarida birinchi bosqich yakunlandi. Jamoalar endi 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik PEPSI Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi.
Ortda qolgan dastlabki bosqich sarhisob etilganida, o`yinlarning ancha shiddatli va tomoshabop o`tayotganiga, qolaversa milliy chempionatimizga muxlis-u mutaxassislarning qiziqishi ortayotganiga guvoh bo`lamiz.
Hozirga qadar PEPSI Superligada umumiy hisobda 132ta uchrashuv bo`lib o`tdi. Ushbu o`yinlarda jami 299 ta gol kiritildi. Birinchi bosqich yakunlariga ko`ra, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Navbahor”, “Metallurg” va “Buxoro” jamoalari yuqori 6 talikdan, ya`ni chempionlik uchun kurash kechadigan guruhdan o`rin egallashdi.
O`z navbatida “Qo`qon-1912”, AGMK, “Nasaf”, “Qizilqum”, “So`g`diyona” hamda “Neftchi” jamoalari Superligada qolish uchun kurash olib borishi oydinlashdi.
Eng ko`p raqib darvozasini ishg`ol etgan jamoa – “Paxtakor” bo`ldi. “Sherlar” jamoasi birinchi bosqichda 36 bor raqiblari darvozasini ishg`ol etishdi. Eng kam gol urgan jamoa esa – “Neftchi” bo`ldi. Farg`onaliklar 12 marta gol kiritishga muvaffaq bo`lishdi. O`z darvozasidan eng kam to`p o`tkazib yubirgan jamoa esa “Paxtakor” bo`ldi. Toshkentliklar o`z darvozalaridan 12 ta to`p o`tkazib yuborishdi. “So`g`diyona” darvozasi eng ko`p ishg`ol etildi – 32 marta.
To`purarlar
|
O`RIN |
O`YINChI |
JAMOASI |
O`YIN |
DAQIQA |
GOL |
PENALTI |
|
1 |
GONSALVESh I. |
PAXTAKOR |
21 |
1650 |
12 |
7 |
|
2 |
BEZERRA T. |
PAXTAKOR |
21 |
1844 |
10 |
|
|
3 |
IBROHIMOV J. |
BUNYoDKOR |
19 |
1645 |
10 |
2 |
|
4 |
BIKMAEV M. |
LOKOMOTIV |
21 |
1742 |
9 |
3 |
|
5 |
JOKICh Y. |
AGMK |
21 |
1890 |
8 |
6 |
|
6 |
XOLMUHAMMEDOV M. |
QO`QON-1912 |
21 |
1763 |
8 |
8 |
|
7 |
ABDULLAEV Z. |
METALLURG |
20 |
1358 |
7 |
|
|
8 |
GRIGALAShVILI E. |
QIZILQUM |
21 |
1780 |
7 |
|
|
9 |
RAYEVATs F. |
BUNYoDKOR |
19 |
862 |
6 |
|
|
10 |
|