“Xotira-79” Buxoro safaridan chetda qoldi. Klub jar yoqasida

Pro-Liga 22-turidan joy olgan “Labsa” — “Xotira-79” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv o`tkazilmaydi. Bunda mezbonlarga texnik g`alaba, mehmonlarga texnik mag`lubiyat yoziladi. 

Uychi tumanining “Xotira-79” klubi yozgi transfer oynasi vaqtida Professional futbol ligasiga tashrif buyurib, klubdagi mavjud vaziyat bo`yicha hisobot topshirgan va barcha qarzdorlikdan 20 avgust sanasiga qadar xalos bo`lish kafolatini bergandi. Shunga qaramay, “Xotira-79” o`z zimmasidagi vazifani bajara olmadi. 

O`z navbatida “Xotira-79” klubi rahbariyati ham PFLga murojaat bilan chiqib, jamoa a`zolari Buxoroga bora olmasligini ma`lum qildi. Xatda klubdagi muammolarga tuman hokimining almashishi sabab sifatida ko`rsatilgan. 

Pro-Liganing 23-tur uchrashuvlari 26—27 avgust kunlari o`tkaziladi. Yuqoridagi kabi holat yana bir bor takrorlansa, “Xotira-79” klubi chempionat bilan xayrlashadi. 

O`z oldiga hech qanday maqsad qo`ya olmaydigan va faqatgina bugungi kuni bilan yashaydigan klublar bilan chempionat saviyasini ko`tarish qiyin. Kelasi yildan boshlab bu kabi jamoalar formati o`zgaradigan 2-liga musobaqalarida ishtirok etishi mumkin. Pro-Ligada esa Superliganing minimal talablariga javob bera oladigan klublargina qoldiriladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb