PEPSI Superliga o`zining hal qiluvchi pallasiga kirmoqda

Anchagina shiddatli ruhda davom etayotgan PEPSI Superliga bahslarida birinchi bosqich yakunlandi.

 

 Jamoalar endi 6 tadan 2 ta guruhga ajratiladi. Dastlabki guruh chempionat medallari uchun kurash olib borsa, ikkinchi oltitalik PEPSI Superligada jon saqlab qolish uchun bahs yuritadi. 

 

Jamoalar endi o`z guruhi doirasida uy-safar tizimida jami 10 ta uchrashuv o`tkazishadi. 

 

Jon saqlash yo`lida oxirgi o`rinni olgan jamoa Pro ligaga yo`l oladi. Jon saqlash yo`lida 4 va 5-o`rinni egallaydigan klublar esa o`tish o`yinlarida qatnashadi. 

PEPSI Superliganing hal qiluvchi bosqichi 13 sentyabr kuni start oladi. Keyingi bosqichning qur`a tashlash marosimi sanasi esa yaqin kunlarda e`lon qilinadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb