19-20 avgust kunlari futzal bo`yicha mamlakat chempionatida 12-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Mazkur tur doirasida Farg`onaning “Neftchi” jamoasi o`z uyida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qilishi lozim edi. Lekin 19-20 avgust kunlari Farg`ona shahrida ta`lim muassasalariga kirish imtihonlari o`tkazilishi, jumladan o`yin bo`ladigan zalda ham imtihonlar o`tkazilishi belgilangani sababli “Neftchi” klubi rahbariyati o`yinni keyinroq muddatga ko`chirishni so`rab PFLga murojaat qildi.
PFL “Metallurg” jamoasi bilan kelishgan holda o`yinni 5-6 sentyabr sanalariga belgiladi.