Iyul oyining eng yaxshi futbolchisi – Marat Bikmaev

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon championatasia bilan oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo`lib o`tdi. Shu sababdan PEPSI Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o`yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so`rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo`lar edi. Shu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko`ra eng yaxshilar aniqlandi.

Unga ko`ra, 6 o`yinda 5 gol va 2 golli uzatma muallifiga aylangan Marat Bikmaev 1-o`rinni band etdi. Ushbu futbolchi PEPSI Superliga klublari va murabbiylari tomonidan eng ko`p ovoz berilgan nomzodga aylandi. Muxlislar so`rovnomasida esa Bikmaev uchinchi bo`ldi. Umumiy ballar sarhisobiga ko`ra esa baribir Bikmaevga etadigan raqobatchi topilmadi. Ikkinchi pog`ona esa ovoz berish natijalariga ko`ra, Tiago Bezerraga nasib etdi. Bezerra muxlislar o`rtasidagi ovoz berishda g`olib bo`ldi. Lekin murabbiylar va sardorlarning aksariyati bu futbolchini 2-o`ringa loyiq topishdi. 3-o`rindan esa Javlon Ibrohimov joy oldi. 

Eng yaxshi futbolchiga berilgan ovozlar ro`yxati bilan birozdan so`ng PFL rasmiy saytida tanishishingiz mumkin bo`ladi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb