Bilasiz, PFL joriy mavsumdan klublarning har qanday ko`rinishdagi qarzdorliklarini o`z vaqtida barataraf etishlariga jiddiy e`tibor qaratmoqda.
Klublar oldiga yozgi transferlar yopilguniga qadar barcha qarzdorliklarini bartaraf etish vazifasi yuklatilgan edi. Biroq ayrim klublar mazkur holatga beparvolik bilan munosabatda bo`lishdi. Jumladan, Haqqulobodning “Norin” jamoasi Pro ligada yozgi tanaffus yakunlanguniga qadar ham mavjud qarzdorliklarni o`z vaqtida uzish bo`yicha amaliy harakatlar amalga oshirmadi. Natijada Pro liga 19-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Norin” – “Dinamo” o`yini o`tkazilmadi va “Norin”ga texnik mag`lubiyat yozildi.
PFL rasman ogohlantirganidan so`ng "Norin" jamoasi badal pulidan mavjud bo`lgan qarzdorlikni bartaraf etdi. Shu sababdan haqqulobodliklar bugun Pro liga 20-turi doirasida safarda “Mash`al” jamoasiga qarshi maydonga tushishiga ruxsat berildi. Biroq o`tgan turdagi texnik mag`lubiyat o`z kuchida qoladi.