Iyul oyining eng yaxshi darvozaboni – Eldor Suyunov

Bilasiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon championat.asia bilan oyning eng yaxshilarini aniqlab kelmoqda.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy saytida o`tkazilgan so`rovnoma orqali qabul qilindi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo`lib o`tdi. Shu sababdan PEPSI Superligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o`yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so`rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo`lar edi. Shu tariqa bu safar iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlari yakunlariga ko`ra eng yaxshilar aniqlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlari davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, muxlis va mutaxassislar olqishlariga sazovor bo`lishdi. Ular ichidan 4 nafar saralab olingan nomzodlarga Superliga klublari bosh murabbiylari, sardorlari hamda PFL saytida muxlislar ovoz berishdi. Yakunda esa Eldor Suyunov eng ko`p ochko jamg`ardi. Ikkinchi pog`ona Sanjar Quvvatovga, uchinchi o`rin esa Milan Mitrovichga nasib etdi. 

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, Eldor Suyunov bunga qadar 3 marta oyning eng yaxshisi bo`lish uchun da`vogarlar qatoridan o`rin olgan va har safar yakunda kamroq ovoz to`plagan edi. Iyul oyi yakunlariga ko`ra esa aynan Suyunov eng ko`p ovoz yig`ishga muvaffaq bo`ldi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb