Urganchning “Xorazm” klubi direktori Madamin Mamatov yozgi transferlar paytida O`zPFLga tashrif buyurib, klubning PFL oldidagi qarzdorligini 10 avgust sanasiga qadar bartaraf etish borasida kafolat xati olib kelib, PFL rahbariyatidan vaqtinchalik ruxsatnoma olgan edi.
“Xorazm” futbol klubi o`z va`dasiga amal qilgan holda 7 avgust kuni PFL hisob raqamiga badal pulidan mavjud bo`lgan qarzdorlikni to`liq o`tkazib berdi.
Ana shunday vaqtincha ruxsatnoma olgan klublar haqida gap ketganda “Xotira-79” klubini ham qayd etishimiz darkor. Namangan viloyati jamoasi taqdim etgan kafolat xatining muddati o`tib bormoqda. Klub o`z vaqtida moliyaviy qarzdorlikni bartaraf etmasa, “Xotira-79” klubi Musobaqalar reglamentiga muvofiq jazolanadi.