9-12 avgust kunlari Samarqand shahrida Xalqaro miqiyosdagi tadbirlar bo`lib o`tishi hamda tadbirlarning "Dinamo" stadionida o`tkazilishi rejalashtirilgani sababli "Sherdor" jamoasi rahbariyati PFLga Pro liga 20-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan "Sherdor" - "Nurafshon" uchrashuvini raqib jamoa maydonida tashkil etish bo`yicha murojaat qildi.
PFL mazkur murojaatni ko`rib chiqib, “Nurafshon” jamoasi roziligi bilan o`yinni ushbu jamoa maydoniga ko`chirdi.
Shuningdek, 15 avgust kuni Nukus shahrida Respublika miqiyosidagi tadbir bo`lib o`tishi sababli "Orol" jamoasi Pro liga 21-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan "Orol" - "Surxon" o`yinini raqib jamoa maydonida tashkil etish bo`yicha murojaat qildi. Mazkur murojaatni o`rganib chiqqach, PFL "Suxron" jamoasi roziligi bilan uchrashuvni Termiz shahriga ko`chirdi.
Ta`kidlash joiz, javob bahslari "Sherdor" va "Orol" jamoalari maydonlarida bo`lib o`tadi.