Abdurahmon Abdulhaqov “Navbahor” muxlislaridan uzr so`radi

PEPSI Superliganing 20-turidan o`rin olgan "Neftchi" hamda "Navbahor" jamoalari o`rtasidagi bahsida farg`onaliklar foydasiga ikkinchi golni kiritgan Abdurahmon Abdulhaqov golni “Navbahor” jamoasi muxlislari joy olgan sektor tomon harakatlanib nishonladi va ushbu vaziyat mehmon jamoa muxlislarini e`tiroziga sabab bo`ldi.

Bu esa musobaqalar Reglamentining intizomiy va jarimalar kodeksi 1-qismi 5.4 bandini buzilganligi ko`rsatadi. Natijada PFL Abdulhaqovni 2 million so`m miqdorida jarimaga tortdi.

Futbolchi o`z qilgan ishidan afsusda ekanligini ta`kidlab, "Navbahor" muxlislaridan uzr so`radi

- O`yin vaqtida futbolchi kuchli his-xayajonlar og`ushida bo`ladi. Ayniqsa gol kiritilgan vaqtida o`z his-hayajonlarini jilovlash biroz qiyin kechadi. Derbida jamoamiz uchun muhim bo`lgan golni kiritganimdan so`ng mana shunday xis xayajonlarga berilib, golni nishonlash vaqtida beixtiyor raqib muxlislari tomon yugurdim. Bu esa noto`g`ri qaror edi. Shu sabab "Navbahor" jamoasining jonkuyar muxlislaridan bu ishim uchun uzr so`rayman. Namanganliklarning kelgusi o`yinlarda omad tilab qolaman, - dedi Abdulhaqov

mib
uzcard
cola
apex
bmb