Iyul oyining eng yaxshi darvozabonini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi.

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy sayti www.PFL.uzda bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi.

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo`lib o`tdi. Shu sababdan PEPSISuperligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o`yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so`rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo`lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o`zlarini yaxshi tomondan ko`rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur davomida bir qator darvozabonlar ishonchli o`yin namoyish etib, o`z jamoasi joniga oro kirdi. Ular ichida natijalari boshqalarga nisbatan ancha yaxshilari Milan Mitrovich, Evgeniy Cheremisin, Eldor Suyunov hamda Sanjar Quvvatov bo`lishdi. Qayd etish joizki, Suyunov shu paytga qadar 3 marta oyning eng yaxshisi deya e`tirof etilish uchun nomzodlar qatoridan o`rin egallagan edi. Quvvatov va Cheremisin esa bir martadan nomzodlar safidan joy olishgandi. Ko`ramiz, bu gal qaysi nomzod ko`proq ovoz olar ekan… 

 

 

Oyning eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar

Milan Mitrovich (“So`g`diyona”) – 5 o`yin, 2 quruq o`yin, 10 seyv

Evgeniy Cheremisin (“Qizilqum”) – 5 o`yin, 3 quruq o`yin, 6 seyv

Eldor Suyunov (“Paxtakor”) – 6 o`yin, 3 quruq o`yin, 6 seyv 

Sanjar Quvvatov (“Nasaf”) – 4 o`yin, 2 quruq o`yin, 4 seyv 

 

 

 

 
mib
uzcard
cola
apex
bmb