“Norin” jamoasiga texnik mag`lubiyat yozildi

PFL joriy mavsumdan klublarning har qanday ko`rinishdagi qarzdorliklarini o`z vaqtida barataraf etishlariga jiddiy e`tibor qaratmoqda. 

Klublar oldiga yozgi transferlar yopilguniga qadar barcha qarzdorliklarini bartaraf etish vazifasi yuklatilgan edi. Biroq ayrim klublar mazkur holatga beparvolik bilan munosabatda bo`lishdi. Jumladan, Haqqulobodning “Norin” jamoasi Pro ligada yozgi tanaffus yakunlanguniga qadar ham mavjud qarzdorliklarni o`z vaqtida uzish bo`yicha amaliy harakatlar amalga oshirmadi.

Faqatgina o`yinga bir kun qolganida haqqulobodliklar jamoasi rahbariyati barcha chorani ishga solib ko`rishga urindi. Biroq PFL barcha narsa o`z vaqtida amalga oshirlishi tarafdori ekani boisdan “Norin” ishtirokidagi o`yin o`tkazilmasligi borasida qaror qilindi. 

Shu sababdan Pro liga 19-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Norin” – “Dinamo” o`yini o`tkazilmadi va “Norin”ga texnik mag`lubiyat yozildi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb