Iyul oyining eng yaxshi murabbiyini aniqlash uchun ovoz berish boshlandi

O`zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon har oy eng yaxshilarni aniqlash uchun o`tkazib kelayotgan so`rovnomasini davom ettiradi. 

Mazkur so`rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etadi. Muxlislar ovozi esa bundan buyon PFL rasmiy sayti www.PFL.uzda bo`ladigan so`rovnoma orqali qabul qilinadi. 

Bilasiz, iyun-iyul oylarida Rossiya yashil maydonlarida Jahon chempionati-2018 bo`lib o`tdi. Shu sababdan PEPSISuperligada qisqa tanaffus yuzaga keldi va iyun oyida faqatgina bitta tur o`yini tashkil etildi. Shuni inobatga olib, iyun va iyul oylari uchun bitta so`rovnoma tashkil qilishga qaror qilindi. Zero bitta tur natijalari inobatga olinib, iyun oyining eng yaxshilari aniqlanishi biroz nojoiz bo`lar edi. Shu tariqa iyun oyidagi bitta tur va iyuldagi 5 ta tur uchrashuvlarida o`zlarini yaxshi tomondan ko`rsata olgan laureatlar aniqlanishi jarayoni boshlandi.

Ortda qolgan 6 ta tur uchrashuvlarida Andrey Fyodorov boshchiligidagi “Lokomotiv” jamoasi 5 g`alaba va 1 durang qayd etdi. Mirjalol Qosimov ustozligidagi “Bunyodkor” va Shota Arveladze rahbarligidagi “Paxtakor” esa 1 martadan mag`lub bo`lishdi. Qayd etish joizki, Arveladze 4-marta oyning eng yaxshi murabbiyi bo`lish uchun nomzodlar qatoridan o`rin egalladi. Mirjalol Qosimov hamda Andrey Fyodorov esa hozirga qadar 2 martadan oyning eng yaxshisi bo`lish uchun da`vogarlar safidan joy olishgan edi. Ko`ramiz, bu gal ovoz berishda qaysi nomzod ko`proq ovoz olar ekan…

 

Oyning eng yaxshi murabbiyi uchun nomzodlar

Andrey Fyodorov (“Lokomotiv”) – 5 g`alaba, 1 durang

Mirjalol Qosimov (“Bunyodkor”) – 3 g`alaba, 2 durang, 1 mag`lubiyat 

Shota Arveladze (“Paxtakor”) – 4 g`alaba, 1 durang, 1 mag`lubiyat   

 

 

 

 
mib
uzcard
cola
apex
bmb