PEPSI Superliga 21 hamda 22-turlarining boshlanish vaqtlari ma`lum

PEPSISuperliga, Pro-Liga, futzal va ayollar jamoalari o`rtasida o`tayotgan musobaqalar hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Muxlislar qiziqishlarini inobatga olgan holda va uchrashuvlarni ko`pchilikka qulay vaqtda hamda tomoshabop o`tishi uchun mavsumning ikkinchi qismi uchun yangi taqvim ishlab chiqildi.

Bunda O`zbekiston termasining Osiyo O`yinlaridagi ishtiroki, ayollar va futzal jamoalarining rasmiy o`yinlari hisobga olingan.

Mavsumning qolgan qismida ushbu taqvimga rioya qilinadi. Terma jamoalarning xalqaro mavqesini yuksaltirish uchun O`FA rasmiy o`yinlarga jiddiy e`tibor qaratayotgani hech kimga sir emas. Bu esa taqvimga o`z ta`sirini o`tkazdi. PFL klublarning kelgusi rejalari va ayni vaqtdagi holatdan kelib chiqib, PEPSISuperliga 21 va 22-turlari vaqtini hozirdanoq ma`lum qiladi.

 

21-tur

11 avgust, shanba

18:00  So`g`diyona — AGMK

20:00  Nasaf — Bunyodkor

20:00  Lokomotiv — Neftchi

12 avgust, yakshanba

18:30  Metallurg — Qizilqum

18:30  Qo`qon-1912 — Paxtakor

20:30  Navbahor — Buxoro

 

22-tur

17 avgust, juma

18:30  Neftchi — Qo`qon-1912

20:30  Bunyodkor — So`g`diyona

20:30  Buxoro — Lokomotiv

18 avgust, shanba

18:00  AGMK — Metallurg

20:00  Paxtakor — Nasaf 

20:00  Qizilqum — Navbahor 

 

21 hamda 22-tur bellashuvlarining aniq sanalari va boshlanish vaqtlariga keyinroq oydinlik kiritilishi xabar qilingan edi. Boisi, bir-biriga o`zaro printsipial bo`lgan jamoalarning bellashuvlari so`nggi ikki turda bir vaqtda bo`lib o`tishi ko`zda tutilgan. 

Qolaversa, futbol bo`yicha O`zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo o`yinlaridagi uchrashuvlari kuni Superliga o`yinlari bo`lib o`tmasligi ham inobatga olingan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb