“Nasaf” Igor Golban bilan to`liq hisob-kitob qildi

Yozgi tanaffus davrida jamoasini almashtirgan 97 futbolchidan to`rt nafari bilan ularning sobiq klublari hisob-kitob ishlarini to`liq yakunlamagani haqida xabar berilgandi. Mavjud to`rt qarzdorlikning biri bartaraf etildi.

Qarshining “Nasaf” jamoasi himoyachi Igor Golban bilan xayrlashib, uning klubda qolib ketayotgan qarzlari 31 iyul sanasiga qadar to`liq to`lanishi haqida kafolat xati bergandi. Bugun — 27 iyul sanasida Igor Golban PFLga rasmiy bildirgi bilan murojaat etib, uning pullari to`liq berilganini qayd etdi. O`z navbatida “Nasaf” klubi ham Golbanning hisob raqamiga o`tkazilgan summa cheklarini taqdim qildi.

Shu tariqa yozda jamoasi bilan xayrlashgan, biroq pullarini to`liq olmagan uch futbolchi qoldi: Jahongir Aliev (Nasaf), Bahodir Pardaev va Igor Taran (Qo`qon-1912). 

PFL 2019 yilgi mavsum moliyaviy muammolarsiz boshlanishi uchun harakatni davom ettiradi. Mavjud vaziyatni to`g`ri tushunib, eski muammolarga echim topib kelayotgan klublarga tashkilot o`z minnatdorchiligini bildiradi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb