Husniddin G`ofurov PEPSI Superliga 19-turida maydonga tusha olmaydi

O`zbekiston Professional futbol ligasi Sport boshqarmasi bir necha uchrashuvlar yakuniga ko`ra sariq kartochkalari soni to`rttaga etgan va navbatdagi tur o`yinlarini o`tkazib yuborishi lozim bo`lgan futbolchini ma`lum qildi.

Unga ko`ra, PEPSI Superliga 18-tur uchrashuvlari doirasida “So`g`diyona” – “Lokomotiv” to`qnashuvida hakam tomonidan ogohlantirilgan “temiryo`lchilar” jamoasi a`zosi Husniddin G`ofurov 19-turda maydonga tusha olmaydi. Boisi futbolchi hisobidagi sariq kartochkalar soni 4 taga etdi.  

Ta`kidlash joiz, 19-turda “Lokomotiv” o`z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi bahs olib boradi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb