Tartib-intizom Qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom Qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi o`tkazildi.

 

PEPSI Superliga

“Qo`qon-1912” – AGMK uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan AGMK jamoasi darvozaboni Pavel Matyash 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 3 million so`m miqdorida jarima belgilandi.

 

“Neftchi” – “Qizilqum” uchrashuvida tajovuzkor hatti-harakatlar amalga oshirgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” darvozaboni Evgeniy Cheremisin 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 3 million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

 

 

Yoshlar Ligasi

“Nasaf” – “Navbahor” uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Navbahor” futbolchisi Muzaffar Abdullaev 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

 

“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvida raqib futbolchisi sha`niga noma`qul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Qizilqum” jamoasi a`zosi Suhrob Yarashev 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

 

“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvida raqib futbolchisi sha`niga noma`qul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Paxtakor” o`yinchisi Doston Ibragimov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 1 million so`m miqdorida jarima belgilandi. 

 

“Qizilqum” – “Paxtakor” uchrashuvida hakamlar harakatlariga bir necha bor aralashishga uringan “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Kudryashov 2 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga 5 million so`m miqdorida jarima belgilandi. Agar ushbu holat yana takrorlanadigan bo`lsa, unga nisbatan yanada qattiqroq jazo choralari ko`rilishi belgilab qo`yildi.

  

“Metallurg” – “Bunyodkor” uchrashuvida yordamchi hakam sha`niga noma`qul so`zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan “Bunyodkor” futbolchisi Eldor Adhamov 3 ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va unga yarim million so`m miqdorida jarima belgilandi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb