JCh—2018 da ishlagan ikki referi Pepsi Superligasi o`yinlariga taklif etildi

PEPSI Superliga sekin-asta o`zining muhim pallasiga kirib bormoqda. Yana 5 ta tur uchrashuvlari o`tkazilgach, chempionlik uchun kurashadigan hamda ligada jon saqlab qolish uchun harakat qiladigan jamoalar saralab olinadi.

Bundan keyingi o`yinlarning muhimlik darajasi juda yuqori ekanini inobatga olgan holda O`zbekiston Professional Futbol Ligasi oldindagi bir qator mas`uliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo`lib o`tgan Jahon chempionati-2018 o`yinlarida hakamlik qilgan referilarni O`zbekistonga taklif etdi.

Unga ko`ra, 19-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o`yinini qit`amizning etakchi referilaridan biri Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi. Ushbu hakamlar guruhi mundialda 2 ta o`yinda ishlaganini alohida e`tirof etish joiz. 

 

19-tur

28 iyul, shanba

“Navbahor” — “Paxtakor”

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa (Bahrayn)

 

Qolaversa, 20-turning markaziy o`yini – “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvida Jahonning eng sara referilari qatoridan o`rin egallayotgan eronlik Alirizo Fag`oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur brigada Jahon chempionati-2018da 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi. 

 

 

20-tur

1 avgust, chorshanba

“Paxtakor” — “Lokomotiv”

Bosh hakam: Alirizo Fag`oniy (Eron) 

Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (Eron)

mib
uzcard
cola
apex
bmb