“Qizilqum” klub faoliyatida hamda stadionda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etdi

O`zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi tomonidan Superliga hamda Pro-Liga 2018 mavsumida ishtirok etuvchi futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun reglament asosida aniq talablar ishlab chiqilgan edi.

Biroq o`tgan davr mobaynida o`tkazilgan tekshiruvlar natijasida ayrim klublar ish faoliyati hamda stadionlarida ba`zi bir kamchiliklar aniqlandi hamda Superligada va Pro-Ligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanib, mazkur kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha klublarga tavsiya hamda topshiriqlar berilgan edi.

Iyul oyidan e`tiboran dastlab Superliga, keyin esa Pro-Liga ishtirokchi klublarida PFLning maxsus ishchi guruhi amalga oshirilgan ishlarni ko`zdan kechirishni boshladi. Dastlab ishchi guruh “Metallurg” hamda “So`g`diyona” jamoalarida kamchiliklarni barataraf etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishgandi.

Bugun O`zPFL Sport bo`limining sport inshootlari bo`yicha bosh mutaxassisi Laziz Qo`chqorov boshchiligidagi guruh Navoiyning “Qizilqum” klubida qilingan ishlarni ko`zdan kechirdi. “Qizilqum” klubi 1 iyulga qadar stadionning ichki va tashqi ko`rinishini tubdan yaxshilash, stadion yoritish tizimini 1500 lyuksgacha kuchaytirish, stadion chimi holatini yaxshilash, 2018 yil oxiriga qadar teletranslyatsiyalar futbolchilar chiqib keladigan va murabbiylar joy oladigan frontga qarama-qarshi tomondan amalga oshirilishi bo`yicha MTRK mutaxassislari bilan maslahatlashish, futbolchilarni zaxiraga olish va chiqarish uchun elektron tablo olish, stadion tablosini zamonaviysiga o`zgartirish, legionerlar oldidagi qarzdorlikni to`liq bartaraf etish va akademiya qurilishi borasidagi ishchi rejasini PFLga taqdim etish bo`yicha topshiriqlar olgan edi.  

Belgilangan muddat ichida “Qizilqum” klubida salmoqli ishlar bajarilgani ma`lum bo`ldi. Jamoa o`z o`yinlarini o`tkazadigan “Yoshlar” sport majmuasi maydoni holatini yaxshilash bo`yicha maxsus guruh ish olib bormoqda. Chimning holati hozirgi vaqtga kelib ancha yaxshilangan. Shuningdek, o`yinchilarni almashtirish uchun yangi zamonaviy elektron tablo harid qilindi. Qolaversa, stadionning katta tablosi ham yangilanmoqda. Tez orada stadionga 768x384 o`lchamda yangi LED tablo o`rnatiladi. Yoritish tizimi ham standartlarga javob beradigan darajaga etkazildi.

Qolaversa, “Qizilqum” klubi legionerlar oldidagi mavjud bo`lgan qarzdorlikdan butunlay qutildi. Yana klub akademiyasini barpo etish bo`yicha loyiha tayyorlanib, tasdiqlash uchun taqdim etildi. Akademiya loyihasi tasdiqlangach, yil so`nggiga qadar akademiya qurilish ishlari boshlab yuboriladi.  

P.S.: PFLning maxsus ishchi guruhi kamchiliklar aniqlangan barcha Superliga hamda Pro-Liga klublarini to`liq tekshiruvdan o`tkazadi va tekshiruv natijalari PFL rasmiy saytida e`lon qilib boriladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb