Azizbek Haydarov "Bunyodkor" futbolchisiga aylandi

Bugun O`zbekistonda transferlar oynasi rasman yopiladi. Ayni paytda klublar yangi futbolchilarini ro`yxatdan o`tkazish jarayonini nihoyasiga etkazishmoqda.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi mavsumning ikkinchi qismida O`zbekiston kubogi va Superligasi o`yinlarida maydonga tushish uchun milliy terma jamoa yarim himoyachisi Azizbek Haydarovni ro`yxatdan o`tkazdi. Tomonlar bugun mavsum so`nggiga qadar mo`ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Azizbek Haydarov o`zi uchun qadrdon jamoaga qaytganidan baxtli ekanini bildirdi. 

Ta`kidlash joiz, Azizbek Haydarov 2007-2011 yillar mobaynida "Bunyodkor" sharafini himoya qilgan. Mahoratli futbolchining so`nggi jamoasi BAAning "Ajman" klubi bo`ldi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb