Yoshlar ligasi: “Qizilqum” safarda “Nasaf”dan ustun keldi

 

 

Kecha Yoshlar ligasi 14-tur doirasidagi so`nggi uchta o`yini o`tkazildi. “Qo`qon-1912” va “Lokomotiv” jamoalari o`z maydonlarida to`p surishdi va raqiblarini mag`lubiyatga uchratishdi. “Qizilqum” esa safarda, buning ustiga kuchli klubga qarshi maydonga tushishiga qaramay, “Nasaf”ni mag`lub etishning uddasidan chiqdi.

 

14-tur. 12 iyul.

 

“Qo`qon-1912” – “Metallurg” – 3:1 (1:1).

Qo`qon shahri. “Markaziy” stadion. 201 tomoshabin.

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev (Namangan), Doston Mirzaraimov (Farg`ona), Axror Rahmatov (Farg`ona).

Gollar: Muslim Qurbonov (26), Avazjon Mamatxo`jaev (50, 63-pen.) – Xudoyshukur Sattorov (45).

Ogohlantirishlar: Doniyor To`lashev (59) – Ibrohim Turg`unboev (8), Andrey Shipilov (75). 

Nazoratchi – Baxtiyor Tog`aev (Toshkent).

 

“Nasaf” – “Qizilqum” – 2:3 (0:2).

Qarshi shahri. “Mehnatchi” stadioni. 117 tomoshabin.

Hakamlar: Isxaq Ibrohimov (Nukus), Zufar Eliboev (Qarshi), Elnur Doniyorov (Qarshi).

Gollar: Xudoyorxon Sa`dullaev (81, 86) – Abbos Abdukarimov (28), Jahongir Husanov (43), Sardor Jahonov (76-pen.).

Ogohlantirishlar: Sardor Sa`dullaev (76), Javohir Shokirov (79) – Abbos Abdukarimov (33), Ramis Begaliev (90+1).

Nazoratchi – Noil Lutfullin (Toshkent).

 

“Lokomotiv” – “Navbahor” – 3:2 (2:1).

Toshkent shahri. Toshkent Temiryo`llari instiututi stadioni. 52 tomoshabin.

Hakamlar: Farruh Yansupov (Toshkent), Nikita Afinogenov (Toshkent), Sardor Nishonboev (Toshkent).

Gollar: Bobur Tillaboev (15), Alisher Shog`ulomov (20), Hurmatbek Yo`ldoshev (69) – Akmaljon Turg`unboev (17, 82).

Ogohlantirishlar: Bobur Ergashev (24), Javohir Alijonov (45), Vladislav Fomin (61), Rustam Hamroev (85).

 

Nazoratchi – Arslon Xotamov (Toshkent).

mib
uzcard
cola
apex
bmb