18 iyun kuni rasman ochilgan yozgi transfer oynasi 15 iyulda o`z yakuniga etadi. Jamoalar yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazish jarayonini davom ettirishmoqda.
“Buxoro” klubi mavsumning ikkinchi qismida maydonga tushish uchun hozircha 4 nafar futbolchini ro`yxatdan o`tkazdi. Bular – Suhrob Nematov, Shuxrat Nematov, Vadim Chemirtan hamda Qahramon Bahodirov. Shuningdek, yana 4 nafar o`yinchi rasman “Buxoro” safini tark etdi – Bahodir Nasimov, Marko Klisuro, Sergey Rusetski va Azamat Soliev.
KELGANLAR:
Suhrob Nematov
Shuxrat Nematov
Vadim Chemirtan
Qahramon Bahodirov
KETGANLAR:
Bahodir Nasimov
Marko Klisuro
Sergey Rusetski
Azamat Soliev
Transferlar oynasi hali ochiq va jamoa shu kunlarda yana yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazish imkoniyatiga ega.