Kecha, Pepsi Superliganing Yoshlar guruhidagi so`nggi uch o`yin o`tkazildi. E`tiborli jihati, uch uchrashuvning birortasida mezbonlar g`alaba qozonisha olmadi. “So`g`diyona” yoshlari o`z maydonlarida “Metallurg”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berishdi, yosh “qaldirg`ochlar” ham navoiyliklar qarshiliklariga dosh berisha olishmadi. Faqat Qo`qonda durang qayd etildi – poytaxt “Lokomotiv”ini qabul qilgan mezbonlar duranggga rozi bo`lishdi – 1:1...
Yoshlar ligasi. 16-tur.
8 iyul
“So`g`diyona” – “Metallurg” – 0:4 (0:1).
Toshkent shahri. “So`g`diyona” sport majmuasi. 117 tomoshabin.
Hakamlar: Rustam Lutfullin (Toshkent), Shavkat Fayziev (Jizzax), Shohruh Qayumov (Jizzax).
Gollar: Abror Toshqo`ziev (33), Kamron Saidazimov (71), Abdulboriy Olimov (85), Jasurbek Rustamov (90+5).
Ogohlantirishlar: Muhsiddin Xolbekov (64) – Ibrohim Yo`ldoshev (51).
Nazoratchi – Sardor Najafaliev (Toshkent).
“Qo`qon-1912” – “Lokomotiv” – 1:1 (1:1).
Qo`qon shahri. “Markaziy” stadion. 553 tomoshabin.
Hakamlar: Rahimbek Karimov (Toshkent), Dostonbek Mirzaraimov (Farg`ona), Axror Rahmatov (Farg`ona).
Gollar: Muslim Qurbonov (21) – Alisher Shog`ulomov (39).
Ogohlantirishlar: Ibrohim G`ofurov (65) – Boburjon Otamurodov (78).
Maydondan chetlatish: Boburjon Otamurodov (90, “Lokomotiv”, ikkinchi sariq kartochka).
Nazoratchi – Konstantin Smirnov (Qarshi).
“Bunyodkor” – “Qizilqum” – 0:1 (0:0).
Toshkent shahri. “Bunyodkor” akademiyasi maydoni. 95 tomoshabin.
Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro), Otabek Qosimov (Toshkent), Sanjar Nazarov (Toshkent).
Gol: Samandar Shodmonov (79).
Ogohlantirishlar: Islom Karimov (64), Rasul Yo`ldoshev (76), Abdulxay Ismoilov (77) – Suxrob Yarashev (43), Mirjalol Qosimov (48).
Nazoratchi – Aleksandr Popov (Toshkent).