18 iyundan boshlab O`zbekiston chempionatida transferlar oynasi rasman ochilgan bo`lib, yana 1 hafta mobaynida klublar yangi o`yinchilarni ro`yxatdan o`tkazish imkoniyatiga ega.
Ayni paytda jamoalar yangi futbolchilarni o`z safiga qo`shib olish jarayonini davom ettirishmoqda. Xususan, Qarshining “Nasaf” klubi Samarqandning “Dinamo” klubida faoliyat yuritgan Amirjon Safarovni ijara asosida tarkibga jalb etdi. O`zaro kelishuvga ko`ra, 23 yoshli hujumchi mavsum so`nggiga qadar Qarshi jamoasida to`p suradi.
O`z o`rnida “Nasaf”ni rasman Dragan Cheran, Igor Golban, Slavko Lukich, Jasur Hasanov hamda Sanjar Rashidov tark etdi. Ushbu futbolchilar rasman “Nasaf” o`yinchilari qatoridan o`chirildi.
“NASAF”
KELGANLAR:
Amirjon Safarov – ijara
KETGANLAR:
Dragan Cheran
Igor Golban
Slavko Lukich
Jasur Hasanov
Sanjar Rashidov