Indoneziyadagi Osiyo O`yinlarida ishtirok etuvchi O`zbekiston terma jamoasining raqiblari hamda rejalari aniq bo`ldi. Professional futbol ligasi shundan kelib chiqib, Pepsi Superliga taqvimining yakuniy ko`rinishi qanday bo`lishini aniqlab oldi.
Bungacha 16-tur hamda Urugvay bilan o`yin sabab qoldirilgan 14-tur masalasiga oydinlik kiritib o`tilgandi. Taqvimning qolgan o`yinlari esa quyidagicha ko`rinish oldi.
17-tur
18 iyul, chorshanba
19:00 “Lokomotiv” — “Nasaf” (live)
20:00 “Qo`qon-1912” — AGMK
21:00 “Qizilqum” — “Paxtakor” (live)
19 iyul, payshanba
19:00 “Metallurg” — “Bunyodkor” (live)
20:00 “Buxoro” — “Neftchi”
21:00 “Navbahor” — “So`g`diyona” (live)
18-tur
23 iyul, dushanba
AGMK — “Buxoro”
“Paxtakor” — “Metallurg”
“Nasaf” — “Qo`qon-1912”
24 iyul, seshanba
“Bunyodkor” — “Navbahor”
“Neftchi” — “Qizilqum”
“So`g`diyona” — “Lokomotiv”
19-tur
28 iyul, shanba
“Nasaf” — AGMK
“Navbahor” — “Paxtakor”
“Metallurg” — “Neftchi”
29 iyul, yakshanba
“Lokomotiv” — “Bunyodkor”
“Qo`qon-1912” — “So`g`diyona”
“Qizilqum” — “Buxoro”
20-tur
1 avgust, chorshanba
AGMK — “Qizilqum”
“So`g`diyona” — “Nasaf”
“Paxtakor” — “Lokomotiv”
2 avgust, payshanba
“Bunyodkor” — “Qo`qon-1912”
“Buxoro” — “Metallurg”
“Neftchi” — “Navbahor”
Diqqat. Superliganing 21 hamda 22-tur bellashuvlarining aniq sanasi keyinroq ma`lum qilinadi. Rejaga ko`ra, so`nggi ikki tur bellashuvlari bir vaqtda o`tishi shart. Ya`ni, jamoalar bir-biri qanday natija qayd etayotganidan bexabar bo`lishi lozim. Agar har olti o`yin printsipial ahamiyat kasb etsa, ular bir vaqtda boshlanadi. Agar bir nechta uchrashuv shunday ahamiyat kasb etsa, ular bir vaqtga qo`yiladi, qolgan uchrashuvlar keyingi kunga qoladi.
21-tur
12—13 avgust, yakshanba-dushanba
“Navbahor” — “Buxoro”
“Lokomotiv” — “Neftchi”
“So`g`diyona” — AGMK
“Nasaf” — “Bunyodkor”
“Metallurg” — “Qizilqum”
“Qo`qon-1912” — “Paxtakor”
22-tur
18—19 avgust, shanba-yakshanba
“Buxoro” — “Lokomotiv”
“Neftchi” — “Qo`qon-1912”
“Paxtakor” — “Nasaf
“Qizilqum” — “Navbahor”
AGMK — “Metallurg”
“Bunyodkor” — “So`g`diyona”
Taqvim tuzilayotgan O`zbekiston olimpiya terma jamoasining 4 avgust sanasida yig`inga kirishi inobatga olindi. Shuningdek, termaning Jakartadagi ehtimoliy o`yinlari Superliga bilan to`qnash kelmasligiga harakat qilindi.
O`FA rahbariyati MOQ tomonidan Osiyo O`yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko`rish bo`yicha topshiriq olgandi. PFL shundan kelib chiqib, Superliga taqvimiga biroz o`zgartirish kiritdi. Buning uchun futbol muxlislarimizdan uzr so`raymiz. Umid qilamizki, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi jamoa Indoneziyadagi turnirda munosib ishtirok etadi.