Salim Mustafoev “Qizilqum” bilan shartnoma imzoladi

Mavsumni Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida boshlagan Salim Mustafoev endi faoliyatini Navoiyning “Qizilqum” jamoasi tarkibida davom ettiradi. 

Salim Mustafoev “Qizilqum” bilan 1,5 yilga mo`ljallangan shartnomaga imzo chekdi. O`zaro kelishuvga ko`ra 27 yoshli samarqandlik futbolchi 2019 yilning 30 noyabriga qadar Navoiy shahri jamoasi sharafini himoya qiladi. "Qizilqum" bugun Mustafoevni o`z o`yinchisi sifatida PFL ro`yxatidan o`tkazdi.   

Ta`kidlash joizki, faoliyatini “Dinamo” tarkibida boshlagan Salim Mustafoev 2013 yildan buyon “temiryo`lchilar” safida to`p surib kelayotgan edi. Joriy yilgi mavsumda tajribali futbolchi milliy chempionatimiz doirasida faqatgina 1ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb