Superliga klublari marketing va matbuot xizmati hodimlari uchun seminar o`tkazildi

Joriy yilgi mavsumdan boshlab O`zbekiston milliy chempionati butunlay o`zgacha tartibda o`tkazilmoqda. Tarixda ilk marta chempionatimiz titul homiyga ega bo`ldi. Qolaversa, Superliga uchrashuvlari oldingi mavsumlar bilan solishtirganda tashkiliy jihatdan ancha yuqori darajada o`tkazilmoqda, o`yinlar televidenie orqali keng ko`lamda efirga uzatilmoqda. 

O`z rivojlanish tarixida yangi bosqichni boshlab olgan O`zbekiston Professional futbol ligasi yanada yangi loyihalar ustida ish olib bormoqda. Xususan, liga va klublarning homiylar bilan yaqindan ishlashi va o`yinlarning imkon qadar kengroq yoritilishini ta`minlash maqsadida bugun O`FA binosida Superliga klublari marketing hamda matbuot xizmati bo`limi hodimlari uchun seminar tashkil etildi. Unda klublarning reklama hamda marketing sohasida ish faoliyatini yanada yaxshilash, har bir klubning homiy hamda hamkorlar bilan shartnomalar imzolash orqali o`z harajatlarini qoplash, daromad olishi bo`yicha taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, internetda MYCUJOOTV platformasida Superliga uchrashuvlarini translyatsiya qilishda qanday jihatlarga e`tibor qaratilishi lozimligi tushuntirildi.  

Qolaversa, PEPSI Superliga o`yinlarining matbuot tomonidan yoritilishida zamonaviy ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish bo`yicha aniq tavsiyalar berildi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb