18 iyun kuni ochilgan yozgi transfer oynasi 15 iyulda o`z yakuniga etadi.
Mazkur sanalar Professional futbol ligasi tomonidan mavsum avvalida belgilab qo`yilgan. Shuningdek, transfer oynasi vaqti FIFA tomonidan tasdiqlab ulgurilgan.
Shundan kelib chiqib, transfer oynasi vaqti uzaytirilmaydi. Futbol klublari bu boradagi operatsiyalarini 15 iyulga qadar yakunlab ulgurishlari shart. Xuddi Evropada bo`lgani kabi, transfer oynasi endilikda O`zbekiston klublari uchun ham ayni vaqtida yopiladi. Hattoki, 2—3 daqiqaga kechikkan klublar ham yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkaza olmaydi.
Qarzdorligi bor bo`lgan, jamoani tark etgan futbolchi hamda murabbiylar bilan to`liq hisob-kitob qilmagan klublarga transfer oynasida yangilarni ro`yxatdan o`tkazishi uchun ruxsat etilmaydi. Ayni vaqtda kelib bunday klublar soni bir nechtani tashkil qiladi. Transfer oynasi yopilishiga esa roppa-rosa 10 kun vaqt qoldi.