Transferlar oynasi – “G`ijduvon”

18 iyundan O`zbekiston chempionatida transferlar oynasi rasman ochilgan bo`lib, ayni paytda klublar yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishni boshlab yuborishgan.

Pro-Liga ishtirokchisi sanaladigan Buxoro viloyatining “G`ijduvon” jamoasi ham o`z tarkibida bir qator o`zgarishlarni amalga oshirdi. G`ijduvonliklar safini Sanjar Yuldashev, Bobir Asatov, Shuxrat Salimov, Shahzod Hakimov hamda Ravshan Yangievlar tark etdi. Qolaversa, “G`ijduvon” PFK jamoada bosh maslahatchi sifatida ishlab kelgan Usmon Toshev va yordamchi murabbiy – Farrux Hamroevlar bilan shartnomalarni bekor qildi.

O`z navbatida jamoa tarkibiga 6 nafar o`yinchi kelib qo`shildi. Bular – Azizbek Nazarov, Aliyor Keldiyorov, Hudoyor Akramov, Alisher Jo`liev, Omadjon Taylaqov va Davron Xasanov.

 

“G`IJDUVON” (Pro-Liga)

Kelganlar: 

Azizbek Nazarov

Aliyor Keldiyorov

Hudoyor Akramov

Alisher Jo`liev

Omadjon Taylaqov

Davron Xasanov

 

Ketganlar: 

Sanjar Yuldashev

Bobir Asatov

Shuxrat Salimov

Shahzod Hakimov

Ravshan Yangiev

 

  

* "G`ijduvon" PFK rahbariyati jamoani tark etgan futbolchilar oldida qarzdorlik mavjud emasligi hamda mabodo sobiq o`yinchilari maoshlar bo`yicha qarzdorlik haqida murojaat qilishsa va murojaat asosli, deb topilgan holatda to`lov albatta amalga oshirilishi xususida kafolat xati taqdim etdi. Shu sababli "G`ijduvon" PFKga yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb