Transferlar oynasi – "Andijon"

Xabaringiz bor, 18 iyun sanasidan O`zbekiston chempionatida rasman transferlar oynasi ochildi. Jamoalar yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishni boshlab yuborishdi.  

Sobiq futbolchilari oldidagi mavjud qarzdorliklarini to`lashni boshlab yuborgani hamda qolgan moliyaviy qarzlarning 17 iyulga qadar bartaraf etilishi to`g`risida kafolat xati taqdim etgan "Andijon" PFKga yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berildi. 

Natijada “Andijon” futbol klubi “Bunyodkor” jamoasidan Mardon Abdullaevni ijaraga oldi. Shuningdek, ilgari “Neftchi”da faoliyat olib borgan Davron Mamatov va Sunnat Ermatov “burgutlar” jamoasi safiga borib qo`shilishdi.

O`z navbatida “Andijon”ni 4 nafar futbolchi tark etdi. Bular – Xoshimbek Shokirov, Mirjalol Rajabov, Ruslan Olimjonov hamda Bekzod G`anijonov. 

 

“ANDIJON” (Pro-Liga)

Kelganlar: 

Mardon Abdullaev (ijara)

Davron Mamatov

Sunnat Ermatov

 

Ketganlar:

Xoshimbek Shokirov

Mirjalol Rajabov

Ruslan Olimjonov 

Bekzod G`anijonov

mib
uzcard
cola
apex
bmb