Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

O`zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Unda bir qator masalalar ko`rildi va qarorlar qabul qilindi. Jumladan,

 

Pro-liga

15-turning “Yozyovon” – “Iftixor” uchrashuvining 90+2-daqiqasida qanot hakami sha`niga nomaqbul so`zlar aytgani uchun “Iftixor” jamoasi a`zosi M.Yusupov ikkita o`yinga chetlashtirish va bir million so`m jarima bilan jazolandi.

 

Shu turning “G`ijduvon” – “Sherdor” jamoalari uchrashuvining 69-daqiqasida jamoadoshini haqoratlagani uchun “G`ijduvon” futbolchisi M.Otaqulov maydondan chetlatildi. Buning evaziga unga nisbatan ikkita o`yindan chetlatish chorasi qo`llanildi.

 

Mazkur turning “Orol” – “Sho`rtan” jamoalari uchrashuvining 85-daqiqasida jamoadoshiga nisbatan haqoratomuz so`zlar ishlatgani uchun maydondan chiqarib yuborilgan “Sho`rtan” vakili O.Jo`raboevga jazo sifatida ikkita o`yindan chetlashtirish hamda 500 ming so`m jarima jazosi belgilandi.

 

16-turning “Sherdor” – “Zomin” jamoalari uchrashuvi yakunlangach tajovuzkor xatti-harakatlar amalga oshirgani uchun qizil kartochka ko`rsatilgan “Sherdor” futbolchisi G`.Sariboev uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va unga nisbatan uch million so`m jarima qo`llanildi.

Mazkur uchrashuvda "Zomin" vakili Sh.Abdurahmonov ham jazolangan. U uchrashuv yakuniga etgach, nomaqbul hulq-atvori uchun qizil kartochka bilan "taqdirlangan" edi. Unga nisbatan ikkita o`yindan chetlashtirish va ikki million so`m jarima qo`llanildi.

 

 

Shu turning “Istiqlol” va “Norin” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda tajovuzkor xulqi uchun 53-daqiqada maydondan chetlatilgan “Istiqlol” jamoasi vakili R.Abduhamidov uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va unga nisbatan bir million so`m miqdorida jarima belgilandi.

 

Mazkur turning “Xorazm” – “Andijon” jamoalari o`rtasidagi uchrashuvining 18, 20, 51 hamda 80-daqiqalarida “Xorazm” jamoasi muxlislari hakamlar guruhiga nisbatan haqoratomuz so`zlar aytishdi, o`yindan keyin esa ularga qarata turli buyumlar uloqtirishdi. Tartib-intizom qo`mitasi qaroriga ko`ra “Xorazm” klubiga 30 million so`m miqdorida jarima solindi. Agar voqea yana takrorlangudek bo`lsa, klubga nisbatan yanada jiddiyroq  intizomiy va jarima  jazo choralari qo`llanishi belgilandi.

  

17-tur. “G`ijduvon” – “Labsa” uchrashuvining 83-daqiqasida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan mezbonlar vakili N.Rahmatullaev uchta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi hamda unga nisbatan 500 ming so`m miqdorida jarima belgilandi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb