Pepsi Superliga 8 iyuldan davom ettiriladi. O`yinlar vaqti aniq

Professional futbol ligasi “Sport” telekanali bilan kelishgan holda Pepsi Superliganing 16-turi vaqtlari hamda 14-tur bellashuvlarining sanasi hamda vaqtlariga oydinlik kiritib oldi.

Qayd etish kerak, 14-tur O`zbekiston termasining Urugvayga qarshi o`yini sabab qoldirilgandi.

16-tur bellashuvlari avvaldan belgilab qo`yilganidek, 8—9 iyul kunlari bo`lib o`tadi. Bunda ob-havoning issiqligidan kelib chiqib, o`yinlarning 19:00 dan erta boshlanmasligiga e`tibor qaratilgan. 

 

8 iyul, yakshanba

19:00  “Paxtakor” — “Buxoro” (live)

20:00  AGMK — “Neftchi” (yozib olib)

21:00  “Nasaf” — “Navbahor” (live) 

 

9 iyul, dushanba

19:00  “Qo`qon-1912” — “Lokomotiv” (live)

20:00  “So`g`diyona” — “Metallurg” (yozib olib)

21:00  “Bunyodkor” — “Qizilqum” (live) 

 

O`zbekiston Kubogi formatiga kichik o`zgartirish kiritilgani haqida ma`lum qilingandi. Rejaga ko`ra, chorak final o`yinlari 12—13 iyul kunlari o`tkazilishi kerak edi. Endi esa kubok bahslari kuzga qoldirilgan:

 

1/4 final — 17—18 sentyabr

1/2 final — 27 sentyabr

Final — 28 oktyabr

 

1/4 finalga qur`a tashlash marosimi 9 iyul kuni bo`lib o`tadi va u “Sport” telekanalida jonli ko`rsatiladi. Rejaga ko`ra, qur`a marosimiga “Milliy stadion” mezbonlik qiladi. Marosim “Bunyodkor” — “Qizilqum” o`yini tanaffusida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.

Urugvayga qarshi o`rtoqlik o`yini sabab qolib ketgan 14-tur esa endilikda 12—13 iyul kunlari bo`lib o`tadi (kubokning chorak final uchun rejalashtirilgan sanasida).

 

12 iyul, payshanba

19:00  “So`g`diyona” — “Buxoro” (live) 

20:00  “Bunyodkor” — “Neftchi” (yozib olib)

21:00  AGMK — “Paxtakor” (live)

 

13 iyul, juma

19:00  “Lokomotiv” — “Navbahor” (live)

20:00  “Qo`qon—1912” — “Metallurg” (yozib olib)

21:00  “Nasaf — Qizilqum” (live)

  

22-turgacha bo`lgan o`yinlar taqvimi esa tez orada ma`lum qilinadi. Bunda Professional futbol ligasi O`FA hamda MOQ rahbariyatining Osiyo O`yinlari bo`yicha talabidan kelib chiqib, o`yinlar sanalariga o`zgartirish kiritadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb