Pro-liga: Birinchi davraning so`nggi turiga mas`ullar tayinlandi

 

 

Pro-liganing 1-davra so`nggi tur o`yinlarini boshqaruvchi mas`ullar tayinlandi. “A” guruhida “Mash`al” – “Andijon” jamoalari o`rtasidagi uchrashuv qiziqarli va murosasiz kechishi kutilmoqda. Sababi, g`olib jamoa 1-davra peshqadamiga aylanadi. Ushbu uchrashuvni toshkentlik, tajribali Viktor Serazetdinov boshqaradigan bo`ldi.

“V” guruhida esa “Xotira-79” va “Yozyovon” jamoalari bahsi qizg`in kechigi kutilyapti. Yozyovonliklar safarda g`alaba qozongan taqdirda turnir jadvalida ikkinchi pog`onaga ko`tarilish imkoniyati paydo bo`ladi. Mazkur o`yinni toshkentlik Rahimbek Karimov boshqarishi belgilangan...

 

Pro-liga. 18-tur. 29 iyun (juma)

 

“A” guruhi

 

“Xorazm” – “Sho`rtan”

Hakamlar: Shavkat Nasibullaev (Namangan), Shavkat Rahmatov (Buxoro), Akmal G`iyosov (Buxoro).

Nazoratchi – Viloyat Najafaliev (Toshkent).

Komissar – Baxtiyor Mametov.

 

“Istiqlol” – “Orol”

Hakamlar: Hasan Ro`ziev (Toshkent), Bekzod Xudoyberganov (Toshkent), Shohnur Yo`ldoshev (Guliston).

Nazoratchi – Islom Rahimov (Andijon).

Komissar - Rodion Kondratev.

 

“Mash`al” – “Andijon”

Hakamlar: Viktor Serazetdinov (Toshkent), Bobur Qodirov (Buxoro), Dilshod Jumaniyozov (Xiva).

Nazoratchi – Andrey Tambovtsev (Toshkent).

Komissar – Laziz Qo`chqorov.

 

“Dinamo” – “Norin”

Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Amal Sultonov (Navoiy), Jasur Rustamov (Navoiy).

Nazoratchi – Shamil Jumaev (Shahrisabz).

Komissar - Zohidjon Akromov.

 

 

“V” guruhi

 

“Iftixor” – “Nurafshon”

Hakamlar: G`ayrat Jo`raev ( To`raqo`rg`on), Eldor Tursunov (Pop), Islom Nosirov (Uychi).

Nazoratchi – Noil Lutfulin (Toshkent).

Komissar – Oybek Yunusov.

 

“Labsa” – “Zomin”

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov (Qarshi), Suxrob Sattorov (Shahrisabz), Damir Iskanderov (Nukus).

Nazoratchi – G`ayrat Karimov (Toshkent).

Komissar – Azizbek Ergashev.

 

“Lokomotiv-BFK” – “G`ijduvon”

Hakamlar: To`rabek Suyunov (Guliston), Husan Muzaffarov (Toshkent), Sanjar Nazarov (Toshkent).

Nazoratchi – Erkin Oripov (Uchko`prik).

Komissar -  M.Sodiq-Oxunov.

 

“Xotira-79” – “Yozyovon”

Hakamlar: Rahimbek Karimov (Toshkent), Husan Xudoyberdiev (O`rta Chirchiq), Farruh Yo`ldoshev (Toshkent).

Nazoratchi – Arslon Xotamov (Toshkent).

 

Komissar – Bobur Haydarov. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb