Superliga klublari futbolchilaridan jismoniy tayyorgarlik bo`yicha normativ qabul qilish boshlandi

Superliga klublari futbolchilarining jismoniy holati O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlangan test-sinovlari orqali nazorat qilib borilishi haqida avval xabar bergan edik. 

Shuni ta`kidlash kerakki, bu kabi test-sinovlari joriy yil avvalida o`zbek futbolida ilk marta amalga tadbiq etildi. Sinovlarning dastlabkisi o`tgan yilning dekabr oyida, so`ngra chempionat starti oldidan fevral oyida o`tkazilib, shu orqali milliy chempionatimiz klublari futbolchilarining jismoniy holati haqida umumiy xulosa qilingandi.

Mazkur test-sinovlari tizimini ishlab chiqib, futbolchilarning jismoniy holati yaxshilanib borishini nazorat qilayotgan O`zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo`limi belgilangan reja asosida yozgi normativlar qabul qilishni ham boshladi. 

Kecha, 24 iyun kuni “Qo`qon-1912” jamoasi futbolchilari birinchi bo`lib normativlar topshirishdi. Texnik rivojlantirish boshqarmasi ilmiy-metodik bo`limi xodimi pedagogika fanlari nomzodi, professor Shamil Iseev boshchiligidagi mutaxassislar har bir klub futbolchilarining oydan-oyga jismoniy jihatdan o`zining optimal sport formasiga kirib borayotganini sinovdan o`tkazishmoqda.  Futbolchilar 30 metrga yugurish, uzunlikga sakrash, 7x50  metrga yugurish,  Yo-Yo” test sinovlari bo`yicha normativlar topshirishmoqda. Darvozabonlar esa qo`shimcha ravishda to`pni belgilangan masofaga qo`lda va oyoqda etkazib berish bo`yicha ham o`z ko`rsatkichlari yaxshilanib borayotganini namoyish etishlari talab etilmoqda. 

“Test-sinovlari mavsum avvalida futbolchilarning yangi chempionatga qanday tayyorgarlik ko`rganini aniqlash, ularning jismoniy jihatdan to`liq mavsum o`tkazishga tayyorligiga ishonch xosil qilish maqsadida tashkil etilgan edi. Ana endi hozirda klublar yozgi ta`tilga yo`l olishdi.  Ular mavsumning ilk qismini o`tkazishdi. Har bir klubning jismoniy tayyorgarlik bo`yicha murabbiyi o`z qo`l ostidagi futbolchilarning jismoniy jihatdan faqat o`sishga erishishlarini nazorat qilib bormoqda. Ularning bu borada qanday ish olib borganini endi normativlar aniq ko`rsatib beradi. Normativlar shartlari o`zgarishsiz qoldi.  Faqatgina futbolchilarning sekin-asta formaga kirib borayotganini inobatga olib, ko`rsatgichlar biroz kuchaytirildiki, endi o`yinchilar qishdagidan ko`ra biroz tezroq va yaxshiroq natijalar qayd etishi lozim bo`ladi”, - dedi Shamil Iseev. 

 

PEPSI Superliga klublarining normativ topshirish muddatlari jadvali: 

 

Jamoa

Sana

1

Qo`qon-1912

24.06.2018

2

Bunyodkor

25.06.2018

3

Navbahor

25.06.2018

4

Neftchi

26.06.2018

5

So`g`diyona

27.06.2018

6

Buxoro

28.06.2018

7

Qizilqum

29.06.2018

8

Nasaf

30.06.2018

9

Metallurg

01.07.2018

10

AGMK

02.07.2018

11

Paxtakor

03.07.2018

12

Lokomotiv

05.07.2018

mib
uzcard
cola
apex
bmb