Transferlar oynasi – "Sho`rtan"

18 iyun sanasidan e`tiboran O`zbekiston chempionatida rasman transferlar oynasi ochilganidan xabaringiz bor.  Jamoalar yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishni boshlab yuborishdi.

G`uzorning "Sho`rtan" jamoasini hozirga qadar 3 nafar futbolchi tark etdi. Jamoa shuningdek, yangi 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Akram Bahromov, Shamsiddin Sagdullaev hamda Timur Jo`raev G`uzor klubi bilan xayrlashdi.

Jamoa PFLga mazkur futbolchilar oldida qarzdorligi yo`q ekani borasidagi hujjatlarni taqdim etgach, "Sho`rtan"ga ularning o`rnini yangi ijrochilar bilan to`ldirib olishga ruxsat berildi.

Natijada "Sho`rtan" "Bunyodkor" jamoasidan 3 nafar yosh o`yinchilarni o`z safiga qo`shib oldi. Bular – Javohir Musajonov, Farhod O`tkurov hamda Sardorbek Xursandov.

"Sho`rtan" bosh direktori Viktor Aleshnikov mazkur o`yinchilarning iste`dodiga shubxa qilmasligini va ular "Sho`rtan"ning etakchi futbolchilari qatoriga qo`shila olishlariga ishonishini ta`kidladi. 

 

ShO`RTAN” (Pro-Liga)

Kelganlar:

Javohir Musajonov

Farhod O`tkurov

Sardorbek Xursandov

 

Ketganlar:

Akram Bahromov

Shamsiddin Sagdullaev 

Timur Jo`raev

 

* "Sho`rtan"ga jamoani tark etgan futbolchilar oldida hech qanday qarzdorligi yo`q bo`lgani sababdan yangi futbolchilarni ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berildi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb