Pavel Purishkin "Dinamo" a`zosiga aylandi

18 iyun sanasidan e`tiboran O`zbekiston chempionatida rasman transferlar oynasi ochildi. Jamoalar o`z safini yangi o`yinchilar bilan to`ldirishni boshlashdi.

Yangi o`yinchilarni jalb etishda faollik ko`rsatayotgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi bugun yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Mavsumni "Metallurg"da boshlagan Pavel Purishkin "Dinamo" a`zosiga aylandi. Tomonlar 30 dekabrga qadar shartnoma imzolashdi.

"Dinamo" klubi bosh menejeri Ilhom Sharipov bu borada quyidagicha fikr bildirdi:

- "Dinamo" jamoasi oldiga mavsum boshidan ulkan maqsadlar qo`yilgan. Biroq mavsumning birinchi qismini ko`ngildagidek o`tkaza olmadik. Shu sababdan endi tarkibni mahoratli futbolchilar bilan to`ldirib olishga urinyapmiz. Pavelni juda yaxshi bilaman. U yaxshi saviyadagi futbolchi, qolaversa mexnatkash yigit. Umid qilamanki, u o`z gollari bilan "Dinamo"ga naf keltiradi, - dedi Sharipov. 

Ta`kidlash joizki, 29 yoshli Pavel Purishkin ilgari "Sho`rtan", "Dinamo", "So`g`diyona", Qozog`istonning TsSKA, "Kaspiy", Malayziyaning UITM kabi jamoalari safida to`p surgan.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb