
Hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidov Rossiya yashil maydonlarida o`tayotgan futbol bo`yicha jahon chempionati 2-turining Argentina – Xorvatiya uchrashuvini boshqarib borishdi.
Shu tariqa o`z faoliyatidagi uchinchi mundialda ishtirok etayotgan Ermatov tarixiy 10-o`yinida ishladi. Bu orqali u mundiallar final bosqichida ishlash bo`yicha o`zi o`rnatgan rekordni yana bitta o`yinga yaxshiladi.