May oyi laureatlari o`z sovrinlarini qabul qilib olishdi

Professional futbol ligasi hamda Championat.asia nashri hamkorligida o`tkazilayotgan oyning eng yaxshilarini aniqlash so`rovnomasining may oyi g`oliblari aniqlanganidan xabaringiz bor.

May oyining eng yaxshisi deb topilgan barcha murabbiy hamda futbolchilar o`z sovrinlarini qabul qilib olishdi. Jumladan PEPSI Superliga 15-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Buxoro” – “Bunyodkor” bahsi boshlanishi oldidan o`tgan oyning eng chiroyli goliga mualliflik qilgan Arslonmurod Omonov hamda may oyining eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olingan Mirjalol Qosimovga esdalik sovrinlari topshirildi. Shuningdek, “Navbahor” – “Qo`qon-1912” o`yinida Botirali Ergashev ham oyining eng yaxshi darvozaboniga beriladigan sovrinni qabul qilib oldi. 

Jarohat sababli “Buxoro” – “Bunyodkor” uchrashuvida ishtirok eta olmagan Sardor Sobirxo`jaev esa bugun PFL binosiga tashrif buyurdi va unga may oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini topshirildi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb