O`zbekiston milliy chempionati to`purari Anvar Berdiev yubiley 500-o`yinini o`tkazdi

O`zbek futbolida yubiley uchrashuvlar o`tkazayotgan afsonaviy futbolchilar soni yana bir nafarga ortdi. Yaqindagina Ignatiy Nesterovga 400-o`yinni o`tkazgani uchun esdalik sovg`asi topshirilgan edi.

PEPSI Superligasi 15-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan “Neftchi” – “Paxtakor” matchida maydonga tushgan tajribali o`yinchi Anvar Berdiev o`z faoliyatidagi 500-rasmiy uchrashuvni o`tkazdi. Allaqachon 40 yoshni qarshilagan mahoratli futbolchi ushbu ko`rsatgichga “Mash`al”, “Nasaf”, “Neftchi”, “Bunyodkor” hamda “Andijon” jamoalarida ishonchli o`yin ko`rsatgan holda erishdi. 

Ayni paytda yana Farg`ona shahri jamoasi sharafini himoya qilayotgan Berdiev 1 marta O`zbekiston chempionati oltin medaliga, 5 marta kumush medallariga ega chiqqan. Qolaversa, yana bir diqqatga sazovor jihat shundan iboratki, kecha “Paxtakor” darvozasini ishg`ol etgan afsonaviy hujumchi o`z gollari sonini 225 taga etkazib oldi. U hamon O`zbekiston milliy chempionatlari tarixidagi to`purarlar ro`yxatida yakka peshqadam bo`lib turibdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb